Mirko Yelichich: "Pro ligada aksariyat jamoalar shunchaki natija uchun kurashyapti"

Sherzod Nurmatov
18 apr 2025, 19:22
Pro liganing 3-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Olimpik-MobiUz” (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Tushunarsiz natijalar ko'rsatyapmiz. Bugungi o'yinga ham yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Natijalarimiz ko'ngildagidek bo'lmayapti. Ko'rsatayotgan futbolimiz ham, tarkibimizdagi futbolchilar ham yomon emas. Maqsadimiz – yoshlarni tarbiyalab, voyaga etkazish.

- Keyingi turda "Aral" maydoniga safar qilasizlar. Ortda qolgan natijalardan so'ng ularni bu o'yinga ruhan qanday tayyorlamoqchisiz?

- Albatta, "Aral" maydonida oson bo'lmaydi. Yo'l, ob-havo, maydon kabi muammolar bor. Qiyin bo'lishini bilamiz, lekin yaxshi natija ko'rsatish uchun harakat qilamiz.

Pro ligadagi jamoalardan menga "Olimpik-MobiUz"ning o'yini yoqdi. Jamoa haqiqiy futbol o'ynayapti. Qolgan jamoalar shunchaki natija uchun kurashyapti deb o'ylayman. Jamoamiz yoshlari shunday jamoalar bilan o'yinlarda yanada toblanishadi. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia