"Mirabror Usmanov Cup-2024". O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi: Tarkibimiz ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyul 2024, 19:12
Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida futzal bo'yicha "Mirabror Usmonov kubogi" bahslari bo'lib o'tmoqda.

Kecha, 19 iyul, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu xalqaro turnirning ilk uchrashuvida O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Tojikistonni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Bugun terma jamoamiz Qirg'iz Respublikasiga qarshi kurashadi. Bellashuv 19:30da start oladi. "Yunusobod" majmuasiga kirish mutlaqo bepul.

Ayni daqiqalarga kelib, jamoamizning dastlabki beshligi ma'lum bo'ldi.


O'zbekiston: Dastlabki beshlik - 16.Fayoz Jo'raboev, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 11.Abror Axmedzyanov.

 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia