"Milan" 25 millionlik transferni amalga oshirishga yaqin turibdi

3 iyul 2026, 22:28
"Milan" "Lacio" himoyachisi Mario Xilani o'z safiga qo'shib olish arafasida turibdi.

Jurnalist Janluka Di Marcio ma'lumotiga ko'ra, "rossonerilar" 25 yoshli ispaniyalik futbolchi va uning agenti bilan shaxsiy shartlar bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan. Xila "Milan" bilan 5 yillik shartnoma imzolashga rozilik bergan. Uning yillik maoshi 5 million evroni tashkil etadi.

Klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga etgan. "Lacio" himoyachi uchun 25 million evro va qo'shimcha 5 million evro bonus talab qilmoqda. Transfer dushanba yoki seshanba kuni rasman yakunlanishi kutilmoqda.

Mario Xila 2022 yilda "Real Madrid"dan "Lacio"ga o'tgan va o'tgan mavsum A Seriyada 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoya chizig'ining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: gianlucadimarzio.com