Mikel Arteta "Liverpul"ga qarshi o'yin haqida: "Oramizdagi farq uncha katta emas, "Arsenal"ning isbotlaydigan narsalari bor"

Administrator
7 yanv 2026
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 21-turida "Liverpul"ga qarshi o'yindan kutayotganlarini aytib o'tdi.

"Biz turnir jadvalida peshqadammiz, o'z maydonimizda juda kuchli raqib bilan o'ynayapmiz. O'z o'rnimizni saqlab qolishni xohlaymiz. Buning uchun butun o'yin davomida a'lo darajada harakat qilishimiz shart. Bizning o'zimizni ko'rsatadigan jihatlarimiz bor.

Oramizdagi farq uncha katta emas. Biz doimo shu haqda gapiramiz. "Liverpul"da ajoyib murabbiy bor. Ular ertaga asosiy tarkibda bo'ladigan o'yinchilar bilan qanday ishlash kerakligi haqida mukammal tushunchaga ega. Ular turli uslubda o'ynashlari mumkin, bu esa biz ertaga kutayotgan narsani biroz o'zgartirishi mumkin. Shuning uchun buni anglab etishimiz va o'z vazifalarimizga e'tibor qaratishimiz lozim," dedi Arteta.


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports