"Arsenal" yetakchisi kamida 1 oyga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
25 mar 2026
Mavsum oxirlab borayotgan bir paytda "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yomon xabarni eshitdi.

"The Touchline"ning yozishicha, formada bo'lib turgan Eberechi Eze boldiridagi jarohat tufayli kamida 4 hafta “kanonirlar”ga yordam berolmaydi. Shuningdek, u Angliya terma jamoasi yig'inini ham o'tkazib yuboradi.

27 yoshli hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum klub darajasidagi barcha musobaqalarda 43 o'yinda 9 ta to'p kiritdi va 6 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline