"Arsenal" Kvaratsxeliya bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganmoqda

Sherzod Nurmatov
27 mar 2026
"The Independent" muxbiri Migel Dileyni xabariga ko'ra, "Arsenal" yozda PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliyani sotib olmoqchi.

Manbaning ma'lum qilishicha, gruziyalik futbolchining vakillari turli variantlarni ko'rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, PSJ rahbariyati futbolchini saqlab qolish niyatida ekanligini va hech qanday takliflarni ko'rib chiqmasligini aytgan.

Kvaratsxeliya PSJga 2025 yil yanvar oyida "Napoli"dan kelib qo'shilgandi. U 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 37 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt 25 yoshli o'yinchini 90 million evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent