

"Sky Sports" eksperti "Arsenal" futbolchilarining bir vaqtning o'zida jarohat olgani haqidagi hikoya haqiqatga to'g'ri kelmaydi deb hisoblaydi.
"Arteta futbolchilarga o'z terma jamoasida o'ynagan har bir kishi jarimaga tortilishini aytgan, shuning uchun ularning barchasi maydondan chiqib ketishdi. Biroq ular "Arsenal"ning keyingi bahslariga tayyor bo'ladi, ehtimol, bir yoki ikki kishi bundan mustasno. Ko'rinishidan, murabbiy buni ligada g'alaba qozonish yo'lidagi birinchi qadam deb hisoblagan va ularga: "Bizga sizning kuchingiz kerak va siz hozir xalqaro maydonlarda o'ynayotgan narsalar shunchaki o'rtoqlik o'yinlari", degan fikrni ilgari surgan. Men ilgari ser Aleks Fergyusondan shunga o'xshash gaplarni eshitganman, shuning uchun gap nimadaligini juda yaxshi tushunaman. Futbolchilar hozirda ligada zafar quchish ustuvor vazifa ekanligini biladi", – dedi Ferdinand.
Kuni kecha "Arsenal"ning 10 nafar futbolchisi jarohat sababli milliy terma jamoalarni tark etdi. Istisno sifatida Jahon chempionatiga yo'llanma olish uchun so'nggi pley-off o'yinlarida o'z milliy terma jamoalarida o'ynagan Rikkardo Kalafori va Viktor Gyokereshni keltirish mumkin.



