"Metallurg" 6 yildan so'ng o'z uyida "Dinamo"ga yutqazdi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2017, 11:00
Oliy liganing 1-turida "Metallurg" o'z uyida "Dinamo"ni qabul qildi.

O'yinda Samarqand klubi safardan 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. Shu tariqa, "Metallurg" 2011 yildan buyon o'z uyda ilk bor "Dinamo"ga yutqazdi.

Samarqandliklar so'nggi bor aynan 6 yil oldin "Metallurg" maydonidan g'alaba bilan qaytishgan edi.

Bekoboddagi oxirgi o'yinlar

2011 - "Metallurg" - "Dinamo" 0:1
2012 - "Metallurg" - "Dinamo" 2:1
2013 - "Metallurg" - "Dinamo" 0:0
2014 - "Metallurg" - "Dinamo" 3:0
2015 - "Metallurg" - "Dinamo" 4:2
2017 - "Metallurg" - "Dinamo" 0:2



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia