O'zil va Kolashinacga pichoq bilan hujum qilishdi. Sead jinoyatchi bilan mushtlashib ketdi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2019, 14:39
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil va uning jamoadoshi Sead Kolashinac Londonda o'g'rilarning qurolli hujumiga uchrashdi.

Futbolchilar "Mersedes"da Golders-Grin ko'chasidan o'tib ketishayotganida ularga skutyerdagi pichoq bilan qurollangan guruh hujum qildi. O'zil mashinadan tushib, xodimlari tanish bo'lgan Likya restoranidan yordam chaqirish uchun yugurib ketdi. Kolashinac esa bu vaqt ichida hujum qilayotganlar bilan mushtlashdi. Voqea ko'chaga qaratilgan kuzatuv kameralaridan biriga yozilib qolgan.

TAS-IX

 


TAS-IX emas



Bir necha soniyadan so'ng Likya restorani xodimlari yordamga kelishdi va futbolchilarga jinoyatchilardan qutilishga ko'maklashishdi. O'zil va Kolashinac jarohat olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com