"Inter Mayami" "Neshvill" bilan durang o'ynadi, Messi hisobida - gol

13 sen 2026, 07:20
MLSning navbatdagi o'yini yakunlandi, unda "Inter Mayami" o'z maydonida "Neshvill"ni qabul qildi.

Fort-Loderdeyldagi "Di-Er-Vi Pi-En-Ka Stedium" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan nihoyasiga etdi.

"Neshvill" tarkibida Sem Sarridj dublni rasmiylashtirdi. shuningdek, Rid Beyker-Uayting hisobida avtogol bor.

"Inter Mayami" safida golni argentinalik hujumchi Lionel Messi kiritdi.

"Inter Mayami" MLSdagi mag'lubiyatsiz seriyasini to'rtta o'yinga etkazdi – bitta g'alaba va uchta durang. "Neshvill" esa g'alabasiz seriyasini uchta o'yinga uzaytdi - bitta mag'lubiyat va ikkita durang.

Keyingi turda "Inter Mayami" "San-Diego" bilan kuch sinashadi, "Neshvill" esa "Chikago Fayr"ga qarshi maydonga tushadi. Bahslar mos ravishda 21 va 20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.



O'xshash yangiliklar