

"Bu milliy terma jamoa hamisha kurashadi va oxirigacha kurashishda davom etadi.
Bugun biz to'p nazorati naqadar muhimligini anglab etdik, chunki buni har doim ham uddalay olmadik. Tarkibimizda bosh bilan yaxshi o'ynaydigan futbolchilar bor va bugun bundan maksimal darajada foydalanishning uddasidan chiqdik. [Ammo] biz sifatli pressing uyushtira olmadik, chiziqlarimiz bir-biridan juda uzoqlashib ketdi. Raqib to'pga egalik qildi va bizni yugurishga majbur etdi, chunki jamoamiz raqibga bosim o'tkaza olmadi", - deya Messining so'zlarini keltiradi Argentina terma jamoasi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.


