“Mundial Allplay bilan”. Kanada – Marokash: Bunu tug'ilgan mamlakatiga qarshi o'ynaydi

Оқил Абдубарноев
4 iyul 2026, 14:26
Bugun jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Kanada va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi intiqlik bilan kutilgan o'yin bo'lib o'tadi.

Ushbu bahs nafaqat chorak final yo'llanmasi uchun kurash, balki ikki mamlakatni o'zaro bog'lab turuvchi o'ziga xos tarixiy va madaniy rishtalar sababli ham muxlislar e'tiborida.

Marokash terma jamoasining tarixiy muvaffaqiyatlarida, xususan, o'tgan mundiallardagi yorqin o'yinlarida darvozabon Yassin Bununing xizmatlari beqiyos. Ammo ko'pchilik futbol muxlislari Bununing aslida Kanadaning Monreal shahrida tug'ilganini bilavermaydi.

Yassin Bunu 1991 yilda Kanadaning Monreal shahrida, marokashlik muhojirlar oilasida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi yaxshiroq hayot ilinjida Shimoliy Amerikaga ko'chib o'tgan bo'lsa-da, oila Bunu uch yoshga to'lganida Marokashning Kasablanka shahriga qaytishga qaror qiladi. Aynan Shimoliy Afrika zaminida bo'lajak futbolchining milliy o'zligi shakllandi.

Kanada qonunchiligiga ko'ra, Monrealda tug'ilgani sababli u to'laqonli Kanada fuqarosi hisoblanar edi. Professional sportchi sifatida shakllanib, Yevropa klublari e'tiboriga tushganida, Kanada futbol assotsiatsiyasi uni o'z safiga qo'shib olishga bir necha bor uringan. Biroq Bununing yuragi boshqa tomonga talpinardi. U o'z tarixiy vatanini tanladi va Marokash sporti tarixidagi eng yorqin sahifalarni yozishda asosiy qahramonlardan biriga aylandi.

Kanadada, ayniqsa Kvebek provinciyasida juda katta marokashliklar diasporasi yashaydi. Bu degani, bugungi o'yin oddiy sport bahsidan ko'ra, Kanada ko'chalarida katta madaniy festivalga – ikki millat vakillarining bir-biri bilan do'stona, ammo qizg'in muxlislik raqobatiga aylanadi.

JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul

Promokodni faollashtirish HAVOLASI

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia