

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, qo'shimcha bo'limlarda esa Argentina 3:2 hisobida g'alabani ilib ketdi.
Biz bu juda qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Bu jamoaning Ispaniya va Urugvay bilan bahslarda mag'lubiyatga uchramagani bejiz emas. Bu - pley-off o'yinlari, ularda hech narsa osonlikcha qo'lga kiritilmaydi.
Kimdir ayrim jamoalarni mensimasligi mumkin, lekin biz uchrashuv og'ir o'tishini hamisha bilardik. Aynan shu narsa ushbu jahon chempionatini o'ziga xos qiladi. Hamma narsa nihoyatda shiddatli va har bir o'yin favqulodda murakkab kechmoqda, - deya Messining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.



