"Menda JCH va ikkita Amerika kubogi bor, senda esa..." – Paredes Rodrigoning ustidan kuldi

Administrator
26 mar 2025, 19:00
JCH-2026 saralash o'yinlari Janubiy Amerika qitasida ham davom etmoqda.

Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Braziliyani 4:1 hisobida mag'lub etdi. O'yin davomida ikki jamoa futbolchilari o'rtasida keskin to'qnashuvlar bo'ldi. Uchrashuv paytida "Real" vingeri Rodrigo Leandro Paredesga qarata u yomon o'ynayotganini aytdi. Paredes esa Rodrigoga qarata "Menda JCH oltin medali va ikkita Amerika kubogi bor, senda esa – nol", deya javob berdi.

Bu suhbatni translyatsiya davomida futbolchilarning og'iz harakatlaridan payqab qolishgan. 


AdministratorMuallif
Manba: TMC Sport