

"Rostini aytsam, to'p sochlarimga juda engil tekkanini his qildim. Lekin bu to'liq tegdimi yoki yo'qmi, aniq ishonchim komil emasdi.
Shuning uchun hakamdan bu vaziyat haqida so'radim. U menga to'p ichida maxsus chip borligini, u mening teginishimni qayd etganini aytdi. Shundan keyin ofsayd qarori chiqarildi. Hammasi shu", - dedi Matanovich.
Eslatib o'tamiz, JCH–2026da rasmiy o'yin to'plariga joylashtirilgan sensor-chip texnologiyasi har bir teginishni aniqlaydi. Mazkur texnologiya yarim avtomatik ofsayd tizimi bilan birgalikda ishlab, bahsli vaziyatlarda hakamlarga tez va aniq qaror qabul qilishda yordam beradi.



