Maskerano: "Men uchun Messi – futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi"

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano MLS'ning navbatdagi turida "Nyu-Inglend Revolyushn" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) Lionel Messining o'yinini yuqori baholadi.

38 yoshli argentinalik futbolchi ushbu bahsda dublga erishdi.

"Men har doim Leo ajralib turadigan o'yinchi ekanligini aytaman. Men uchun u bu sport tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U ko'p yillar qilgan ishini hozir ham davom ettirmoqda, bu aqlga sig'maydigan narsa. U o'zgacha futbolchi va tarkibimizda unga ega bo'lishdan baxtiyormiz.

Buskets va Messi ko'p yillar davomida [birga] o'ynashadi, shuning uchun ular bir-birlari bilan umumiy tilni osongina topishadi, ikkinchi golda shu yaqqol ko'rindi. Serxio Leo qachon va qayerda to'pni qabul qilmoqchi ekanligini tushunadi", – dedi Maskerano.

"Inter Mayami" 35 ochko bilan Sharqiy konferenciyada 5-o'rinda bormoqda. "Nyu-Inglend" esa 24 ochko bilan 11-pog'onaga joylashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mlssoccer.com