"Manchester Yunayted"ning sobiq o'yinchisi MLS jamoasiga o'tdi

19 sen 2026, 09:25
"Manchester Yunayted" va Niderlandiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Tayrell Malasia MLS a'zosi "Cincinnati" klubi futbolchisiga aylandi.

27 yoshli futbolchi Amerika jamoasiga erkin agent maqomida kelib qo'shildi. tomonlar 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan, yana bir mavsumga (2027/28) uzaytirish imkoniyatiga ega mehnat shartnomasini imzolashdi.

2022 yilda "Feyenoord"dan o'tganidan so'ng "Old Trafford"da to'p surgan davrida himoyachi barcha turnirlarda 50 ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan va ko'proq jarohatlar tufayli shifoxonada vaqt o'tkazgan. Bundan tashqari, Malasia hisobida Niderlandiya milliy terma jamoasi libosida o'tkazilgan to'qqizta o'yin bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports