Messi va Suaresning uzatmalari "Inter Mayami"ga "Nyu-York Siti"ni mag'lub etishga yordam berdi

15 okt 2026, 07:23
"Inter Mayami" o'z maydonida "Nyu-York Siti"ni qabul qilgan MLS o'yini yakunlandi.

Uchrashuv Mayamidagi "Nu Stedium" stadionida bo'lib o'tdi va mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan tugadi.

G'oliblar tarkibida argentinalik hujumchi Xerman Berterame va uning vatandoshi, yarim himoyachi Rodrigo De Paul gol urishdi. Jamoaning yulduz forvardlari Luis Suares va Lionel Messi uchrashuvni golli uzatmalar bilan yakunlashdi. Qayd etish joizki, uchrashuvning 90+7-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Nikolas Fernandes 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshira olmadi.

Shu tariqa, "Inter Mayami" MLS'dagi qatorasiga ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. "Nyu-York Siti" esa o'z navbatida ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va to'rt uchrashuvdan beri g'alaba nimaligini bilmayapti. MLS'ning navbatdagi o'yinida "Inter Mayami" 18 oktyabr kuni safarda "Atlanta Yunayted" bilan kuch sinashadi, "Nyu-York Siti" esa shu kuni o'z maydonida "Los-Andjeles"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia