"Mashal" "Dinamo" himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi

Iskandarov Abdulaziz
2 fev 2026
"Mashal" jamoasi tarkibga bir qator yangi futbolchilarni taklif qilmoqda.

O'tgan mavsumni "Dinamo"da o'tkazgan chap qanot himoyachisi Maqsudxo'ja A'loxo'jaev muborakliklar safiga borib qo'shildi. Klub futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

21 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Dinamo" safida 10 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etgandi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia