Markus Reshford APL grandiga o'tishi mumkin

8 may 2026, 10:05
"Arsenal" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi.

Hozirda Reshford "Barselona"da ijarada o'ynamoqda, lekin La Liga yetakchilari mavsum oxirida uni 30 million evroga sotib olishiga shubha bor.

Daily Mail ma'lumotlariga ko'ra, london klubi yozda forvardni sotib olishga qiziqmoqda.

Reshford joriy mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalarda 46 o'yinda 13 ta gol urdi.

"Barselona"da Reshfordni sotib olish opciyasini faollashtirish uchun 15 iyungacha vaqt bor.


Manba: Daily Mail