Ushbu mavsum YCHLda qaysi klub eng ko'p pul ishlab oldi?

7 may 2026, 22:55
"Arsenal" ushbu mavsum YCHLda eng ko'p mablag' ishlab oldi.

Turnir finaliga yo'llanma olgan "kanonirlar" 143,2 million evroni o'zlariga kafolatlab olishdi. Umumiy guruh bosqichida 11-o'rinni egallagan ikkinchi finalchi PSJ esa 139,4 milllion evro ishlab oldi.

UEFA ushbu mavsumda g'alaba uchun 2 million evro, durang uchun esa 700 ming evroni klublar hisobiga o'tkazib berdi. Undan tashqari, umumiy guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda g'olib bo'lgan "Arsenal" ko'proq mablag'ga ega chiqdi.

Final g'olibi qo'shimcha 6,5 million evroga ega bo'ladi. Shuningdek, Yevropa Superkubogidagi ishtirok uchun yana 4 million evro ajratiladi.


Manba: uefa.com