"Manchester Yunayted" hamon Reshfordni sotish istagida

Sherzod Nurmatov
7 may 2026, 18:40
MYU hujumchi Markus Reshfordni kelasi mavsum asosiy tarkibga qaytarish niyatida emas.

Reshford hozirda "Barselona"da ijarada o'ynamoqda, ammo Kataloniya klubi uning transferini to'liq rasmiylashtirish uchun 30 million evro to'lashi kerak.

MYU hali ham Angliya terma jamoasi futbolchisini sotishni ko'rib chiqayotgani haqida xabarlar mavjud.

Shuningdek, 28 yoshli futbolchi 2028 yilning yoziga qadar shartnomasi bo'lgan "Old Trafford"ga qaytishni istamasligi va "Barselona"da qolishni rejalashtirayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan.

Reshford "Barselona" safida barcha musobaqalarda 46 o'yinda 13 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC