

“Siti” "Chelsi"ning 27 yoshli chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya bilan muzokaralar olib bormoqda. Avvalroq Mareska Kukurelya bilan birga ishlagan va u yangi jamoasiga ideal tarzda mos tushadi deb hisoblaydi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
"Chelsi" futbolchini, ayniqsa, o'zlarining asosiy raqiblaridan biriga qo'yib yuborish imkoniyatiga shubha bilan qaramoqda. Biroq, agar Kukurelyaning o'zi o'tishga qaror qilib turib olsa, uni klubda saqlab qolish oson bo'lmasligi mumkin.
Joriy mavsumda himoyachi "Chelsi" tarkibida 50 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi, transfer qiymati esa Transfermarkt talqiniga ko'ra 50 million evroni tashkil etmoqda.



