Marca: Real"ning yangi murabbiyi kim bo'lishi 99% aniq

16 may 2026, 07:45
Portugaliyalik Joze Mourinyu 99,9% ehtimol bilan "Real"ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi.

Bunga faqat fors-major holat to'sqinlik qilishi mumkin, lekin hozircha bunday holat kutilmayapti. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi"da hozirgi prezident Florentino Peres tashabbusi bilan boshlangan prezidentlik saylovi jarayoni Mourinyuning tayinlanishiga xalal bermaydi. Ehtimol, portugaliyalik mutaxassis 23 mayda mavsum tugagandan keyin jamoani qabul qilib oladi.

"Qirollik klubi" Mourinyuning hozirgi klubi "Benfika"ga shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun 6 million evro kompensaciya to'laydi.

Mourinyu 2010–2013 yillarda "Real"ni boshqargan va jamoa bilan Ispaniya chempionligi, Kubogi va Superkubogini yutib, chempion bo'lgan.


Manba: Marca