

Bu haqda Ekrem Konur xabar berdi.
Futbolchiga APLning uchta top-klubi qiziqish bildirmoqda. "Manchester Yunayted," "Liverpul" va "Chelsi" Barriosni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ammo, "Atletiko" yarim himoyachini sotishni rejalashtirmayapti. Transfermarkt futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda.
Pablo Barrios "Atletiko" safida jami 151 ta o'yin o'tkazgan. Unda yarim himoyachi 8 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



