"Inter" Isroil terma jamoasi yarim himoyachisi uchun 25 million evro to'laydi

9 iyul 2026, 23:55
Belgiyaning "Union" klubi yarim himoyachisi Anan Xalayli "Inter" futbolchisiga aylanadi, deb xabar bermoqda insayder Fabricio Romano.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Milan klubi "Yunion" va 21 yoshli isroillikning o'zi bilan transfer bo'yicha kelishuvga erishgan. "Inter" bonuslarsiz 25 million evro to'laydi.

Xalayli 2024 yilning yozidan beri "Yunion" safida o'ynamoqda. Futbolchi o'tgan mavsum Belgiya chempionatida 38 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano