"Manchester Siti"ning bo'lajak murabbiyi allaqachon transferlar ustida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
21 may 2026, 20:00
"Shaharliklar"ning navbatdagi murabbiyi Enco Mareska lavozimini egallashga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Afsonaviy Pep Gvardiola mavsum oxirida iste'foga chiqishga qaror qildi va uning vorisi allaqachon e'lon qilingan. Klub uchun yangi davrga tayyorgarlik esa allaqachon sahna ortida boshlangan.

Devid Ornshteynning xabar berio'icha, Mareska rasmiy tayinlanishidan oldin klub transfer rejalari ustida bosh qotirmoqda. Hozirda u klub sport direktori Ugu Viana bilan hamkorlik qilmoqda.

Norasmiy xabarlarga ko'ra, italiyalik murabbiyning short-listida 7 nafar futbolchi bor, ammo ularning ismlari oshkor qilinmayapti.

Avvalroq Mareska "Manchester Siti" murabbiyi lavozimini egallashi va 3 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar bergan edik. Barcha shartlar kelishib olingan, hujjatlarga imzo chekilsa bas.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/David_Ornstein