Mahmud Mahamadjonov orzular jamoasini tuzdi

Оқил Абдубарноев
29 mar 2026
"Andijon" himoyachisi Mahmud Mahamadjonov futbol tarixida eng kuchlisi deb biladigan tarkibini aytdi.

Darvoza daxlsizligini u taniqli posbon Tibo Kurtuaga ishonch bilan topshirgan. Himoya chizig'ida esa chap qanotda braziliyalik Marselo, o'ng qanotda ispaniyalik Dani Karvaxal harakat qiladi, markaziy himoya tandemini esa Serxio Ramos hamda Karles Puyol tashkil etadi.

Yarim himoya chizig'i ham o'ziga xos mukammallikka ega – tayanch zonasi braziliyalik Kazemiroga ishonib topshirilgan bo'lsa, maydon markazida unga o'yinni tashkil qilishda tengsiz bo'lgan xorvatiyalik Luka Modrich hamda germaniyalik Toni Kroos yaqindan yordam beradi.

Hujum chizig'i esa har qanday raqib himoyasini titratishga qodir bo'lgan dahshatli uchlikdan iborat – qanotlarda zamonaviy futbolning ikki buyuk dahosi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi joylashgan bo'lsa, markaziy hujumchi poziciyasida braziliyalik afsonaviy Ronaldo harakat qiladi.

Tibo Kurtua – Marselo, Serxio Ramos, Karles Puyol, Dani Karvaxal, Kazemiro, Luka Modrich, Toni Kroos, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Ronaldo


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати