

"Skuadra Adzurra" sardori ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatiga chiqa olmagani uchun muxlislardan uzr so'radi.
"Kecha o'yindan so'ng yig'ladim. Italiyani o'zi loyiq bo'lgan darajaga olib chiqa olmaganimdan qattiq xafa bo'ldim va ko'z yoshlarimni tiya olmadim. Men sardori ekanligimdan faxrlanadigan ushbu jamoa va siz aziz muxlislar bilan birgalikda ulkan mahzunlikni his qilyapman.
Hozir so'zlar hech narsani anglatmasligini tushunaman, bu haqiqat. Lekin bir narsani aytishim kerak: bunday og'ir mag'lubiyatdan so'ng yana yangi sahifa ochish uchun o'zimizda kuch topishimiz kerak. Buning uchun katta iroda, ishtiyoq va ishonch lozim. Ishonch - bizni oldinga boshlaydigan kuch. Chunki hayot o'z borlig'ini ayamaydiganlarni mukofotlashni biladi.
Biz yana boshidan boshlashimiz kerak. Birgalikda. Italiyani o'zi loyiq bo'lgan yuqori cho'qqilarga qaytarish uchun harakat qilamiz", - deb yozadi Donnarumma.
Eslatib o'tamiz, Donnarumma penaltilar seriyasida birorta ham zarbani qaytara olmadi va o'yin davomida raqib darvozabonining eslatmalari yozilgan qog'ozni yirtib tashlagani bilan ham diqqat markaziga tushgan edi.


