

Manbaga ko'ra, London klubi 21 yoshli norvegiyalik futbolchining vakillari bilan allaqachon bog'langan. "Arsenal" skautlari "Leyptsig"ning "Shalke", "Manchester Siti" va "Augsburg"ga qarshi so'nggi uchta o'yinini kuzatib borishgan. Futbolchining o'zi ham ingliz klubiga o'tish ehtimoliga ijobiy munosabatda.
"Leyptsig" Nusani taxminan 80 million evroga baholamoqda. Futbolchining shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan va unda belgilangan tovon puli bandi ko'zda tutilmagan. Norvegiyalik futbolchiga "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda.
Nusa 2026/27 yilgi mavsum 15 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali vingerning transfer qiymatini 45 million evroga baholamoqda.



