

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma raqib posboni Nikola Vasilga ruhiy bosim o'tkazishga urindi.
Italiyaliklar penaltilar seriyasida 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, ketma-ket uchinchi bor mundialdan quruq qolishdi. Biroq o'yinning eng bahsli vaziyati "Inter" hujumchisi Franchesko Espozitoning zarbasi paytida sodir bo'ldi.
Translyatsiyada "Manchester Siti" darvozaboni Donnarumma bosniyalik hamkasbining penaltilar bo'yicha eslatmalari yozilgan qog'ozni o'g'irlab, darvoza ortidan o'tayotib uni yirtishga uringani va maydonning uzoqroq joyiga uloqtirgani ko'rinib qoldi. "Sankt-Pauli" posboni Vasil buni payqab qoldi va italiyalik bilan dahanaki jangga kirishib, hakam Kleman Tyurpenga shikoyat qildi.
"SportSport" nashrining tasdiqlashicha, Donnarumma qog'ozni shunchaki tashlab yubormagan, balki uni yirtib, jiddiy shikast etkazgan. Bunday "iflos" o'yin ham Italiyaga yordam bermadi - "Skuadra Adzurra" baribir mag'lub bo'ldi va tarixiy sharmandalikka yuz tutdi.



