Lukas Bolo Alemani: "Finalda Braziliya? Biz xotirjammiz"

Оқил Абдубарноев
4 okt 2024
Futzal bo'yicha jahon chempionati yarim finalidan o'rin olgan Fransiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Argentina terma jamoasi a'zosi Lukas Bolo Alemani saytimizga intervyu berdi.

"Fransiyaga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Raqib jamoa to'p bilan yaxshi muomala qildi. Biz himoyani unutmagan holda imoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qildik. Menimcha, natija adolatli bo'ldi.

Endi hal qiluvchi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish haqida o'ylashimiz va eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.

Braziliya iqtidorli o'yinchilarga ega jamoa hisoblanadi. Lekin biz barcha jamoaga qarshi tengma-teng kurasha olamiz. Biz xotirjammiz, final jamoamiz uchun ijobiy natija bilan tugaydi deb o'ylayman", dedi Alemani.

Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni Argentiga jahon chempionati finalida Braziliya bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia