"Liverpul" marhum Diogu Jota sharafiga yodgorlik ochadi

Sherzod Nurmatov
11 may 2026, 19:50
Ingliz klubi sobiq futbolchisi Diogu Jota sharafiga o'rnatilgan yodgorlikning fotosuratini e'lon qildi.

28 yoshli Jota o'tgan yilning iyul oyida ukasi, futbolchi Andre Silva bilan birga avtohalokatda halok bo'lgandi.

3.jpg

Yodgorlikda Jota harakat qilgan raqam inobatga olinib, "Forever 20" (abadiy 20) yozuvi kiritilgan. Yurak shaklidagi lenta monumentni bezab turibdi, bu portugaliyalikning gollarini qanday nishonlaganini eslatadi. Turli burchaklardan qaraganda, Jota va uning ukasi forma raqamlari 20 va 30 ko'rinadi.

"Liverpul" monument joylashuvi va u o'rnatiladigan aniq sanani keyinroq e'lon qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com