

APLning amaldagi chempionlari Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gexi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. 25 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi. "Liverpul" esa himoyachining transferi uchun "Kristal Pelas"ga 40 million evro to'laydi.
Gexi o'tgan mavsum 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.



