

"Real Madrid" - "Real Sosedad" 4:1
Gollar: 40, 60, 80 - Kilian Mbappe, 44 - Luka Suchich, 68 - Vinisius Junior
“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 16. Ibraima Konate, 4. Din Xyoysen, 24. Denzel Dyumfris, 18. Alvaro Karreras (17. Mark Kukurelya, 46’), 20. Bernardu Silva (19. Karlos Espi, 86’), 8. Federiko Valverde, 15. Arda Gyuler (21. Braim Dias, 78’), 5. Jud Bellingem (6. Eduardu Kamavinga, 78’), 7. Vinisius Junior (25. Yan Diomande, 84’), 10. Kilian Mbappe.
Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Serxio Mestre, 12. Trent Aleksander-Arnold, 22. Antonio Ryudiger, 33. Mario Rivas, 29. Xorxe Sestero, 36. Aleksis Siriya.
“Real Sosedad”: 1. Aleks Remiro, 2. Xon Aramburu (5. Igor Subeldiya, 57’), 31. Xon Martin, 17. Serxio Gomes, 34. Luken Beytiya, 21. Yanxel Errera (18. Karlos Soler, 66’), 14. Takefusa Kubo (11. Gonsalu Gedesh, 74’), 24. Luka Suchich, 8. Benyat Turrentes, 10. Mikel Oyarsabal (9. Orri Ouskarsson, 57’), 12. Job Ochieng (7. Ander Barrenechea, 66’).
Zaxira: 13. Unay Marrero Larranyaga, 3. Ayen Munos, 16. Xon Pacheko, 23. Arsen Zaxaryan, 26. Ibay Agirre, 28. Aleks Lebarbe, 29. Aleks Marchal.
Ogohlantirishlar: 10 - Alvaro Karreras, 31 - Yanxel Errera, 45+2 - Xon Aramburu, 72 - Luken Beytiya, 73 - Ibraima Konate, 90+4 - Eduardu Kamavinga
90+4. O'yin yakunlandi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90. Espining zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qo'lidan chiqarib yubordi, so'ng Braim gol urgandi. Biroq bu holatda Karlos offsaydda bo'lgan ekan.
89. Diomandening uzatma aralash zarbasidan so'ng to'p Remironing qo'liga borib tushdi.
83. Valverdening kuchli zarbasini Remiro qaytardi!
82. “Real” tinmayapti, oldinga borishda davom etmoqda.
81. O'yin taqdiri hal.

80. GOL! Mbappedan xet-trik! Vinisiusning zargarona uzatmasidan so'ng Kilian to'pni darvozabonning ustidan oshirib, darvozaga joyladi!
78. Suchichdan yana bir zarba, bunisi aniq bo'lmadi.
77. Gedeshning o'tkir burchakdan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
75. Suchichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng Kurtua to'pni ajoyib tarzda qaytardi! Yaxshi zarba, yaxshi seyv!
72. Valverdening erlatib bergan zarbasiga raqib himoyachilari blok qo'ya olishdi!
70. Gomesning uzoqdan yo'llagan zarbasi o'ta noaniq bo'ldi.
69. Oradagi farq ikkitaga etdi, ustunlik - mutlaq “Real”da.

68. GOL! Vinisius hisobni yiriklashtirmoqda! Judning super pressingidan so'ng u to'pni Viniga uzatdi, braziliyalik hujumchi bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.
64. Yana “Real” katta kuch bilan oldinga o'tmoqda, jamoaning 10 nafar vakili raqib tomonida harakat qilmoqda.
61. Yana Madrid hisobda oldinga chiqib oldi, raqiblar endi o'tgan galgidek tezda javob bera oladimi?!

60. GOL! Mbappedan dubl! Kilian va Judning ajoyib kombinaciyasidan so'ng fransiyalik hujumchi darvozani ishg'ol qildi!
51. Yana bir bor Mbappedan zarba, bunisi esa noaniq ketdi.
49. Gyulerning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Remiro ushlab oldi.
47. Xyoysenning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
47. Mbappe darvozabon bilan birga-bir chiqib borib zarba berdi, bu safar ham Remirodan seyv!
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+1. Dyumfrisning zarbasi raqib himoyachilariga tegib qaytdi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Hisobni darhol tenglashtira oldi mehmonlar, buyog'iga madridliklar qanaqa yo'l tutadi?

44. GOL! Suchich hisobni tenglashtirdi! “Real Sosedad” qarshi hujumga o'tdi, Ochiengning zarbasi rekoshetga uchradi, so'ng to'p Lukaga yetib keldi va uning zarbasi golga aylandi!
44. Yana Mbappe! Bu safar u katta tezlikda oldinga o'tib, darvoza tomon zarba berdi, biroq Remiro to'pni ushlab oldi…
41. Gol ko'rdik, endi mehmonlar ham yanada faollashishi aniq.

40. GOL! Mbappe hisobni ochdi! Kilian bir necha himoyachini aldab, darvozaga zarba berdi va bu golga aylandi!
38. Mbapperinig zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytprib yubordi.
35. Serxio Gomesning kuchli zarbasidan so'ng to'p biroz noaniq ketdi.
30. So'nggi daqiqalarda to'p nazorati mehmonlarda, ular chinakamiga “avtobus” qo'yib, vaqti-vaqti bilan hujumga chiqib turibdi.
21. Mbappening super uzatmasidan so'ng Viinsius darvoza tomon tepdi, Remirodon zo'r seyv!
18. Mehmonlar o'z qobiqlarini - jarima maydonchalari atroflarini yaxshilab ko'riqlashmoqda.
11. Kuboning ajoyib uzatmasidan so'ng Oyarsabal darvoza tomon zarba berdi, Kurtuadan seyv!
7. Mbappe o'tkir burchakdan zarba berdi, to'pni raqib posboni qaytardi. Vaholanki, bu vaziyatda Gyuler bo'sh edi va unga to'pni uzatsa yaxshiroq bo'lardi…
3. Vinisiusning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.
1. O'yin boshlandi.

Uchrashuvdan avval Mark Kukurelya “Bernabeu”ga yig'ilganlarga Jahon chempionati kubogini taqdim etdi. Unga hamyurti Mikel Oyarsabal ham sherik bo'ldi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liganing 1-turidan o'rin olgan qoldirilgan uchrashuv - "Real Madrid" - "Real Sosedad" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



