LIVE. JCH. Niderlandiya - Marokash 1:0 (matnli translyatsiya)

30 iyun 2026, 05:55
Jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasidagi bahsning matnli translyatsiyani ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

JCH, 1/16 final

Niderlandiya - Marokash 1:0

Gollar: 72 - Kodi Gakpo

Niderlandiya: 1. Bart Verbryuggen, 22. Denzel Dumfris, 6. Yan Paul van Xekke, 4. Virjil van Deyk, 15. Mikki van de Ven, 5. Natan Ake (20. Tyon Kopmeyners, 71’), 8. Rayan Gravenberx, 21. Frenki de Yong, 19. Brayan Brobbi (9. Vaut Vegorst, 71’), 11. Kodi Gakpo, 24. Krisensio Sammervill.

Zaxira: 13. Robin Rufs, 23. Mark Flekken, 2. Lyutsxarel Gertreyda, 12. Mats Viffer, 25. Yorrel Xato, 3. Marten de Ron, 7. Jastin Klyuyvert, 14. Tijani Reynders, 16. Gus Til, 26. Kvinten Timber, 10. Memfis Depay, 17. Noa Lang, 18. Doniell Malen.

Marokash: 1. Yassin Bunu, 2. Ashraf Hakimi, 14. Issa Diop, 18. Shadi Riad (26. Anass Salax-Eddin, 75’), 3. Nussayr Mazraui, 6. Ayyub Buaddi (15. Samir El-Murabet, 79’), 24. Neyl El-Aynaui, 8. Azzedin Unai, 23. Bilal El-Xannus, 11. Ismael Saybari, 10. Braim Dias (20. Ayyub El-Kaabi, 79’).

Zaxira: 12. Munir, 22. Axmed Tagnauti, 5. Marvane Sadane, 19. Yussef Belammari, 25. Reduan Halal, 4. Sofyan Amrabat, 13. Zakariya El-Uaxdi, 7. Shemsdin Talbi, 16. Jessim Yassin, 9. Sufyan Raximi, 17. Moxamed Amin Sbai, 21. Ayub Amaymuni-Echguyab.

Ogohlantirishlar: 47 - Issa Diop

77. Marokash katta kuch bilan oldinga o'tmoqda.

73. Hisob ochildi uchrashuvda va buyog'iga o'yin “yonadi”.

gettyimages-2283943950-2048x2048.jpg

72. GOL! Gakpo hisobni ochdi! Sammervil oldinga yurish qilib to'pni Kodiga uzatdi, uning zarbasi esa aniq bo'ldi!

68. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

63. Burchakdan uzatilgan to'p sal qolsa Dumfrisga tegib darvozadan joy olishi mumkin edi. Verbryuggen bu vaziyatda ham jamoasi joniga oro kirdi…

58. Marokash hujumlarni oshirmoqda: Bilal El-Xannusning erlatib bergan zarbasini Verbryuggen ushlab oldi.

52. Ashraf Hakimi juda yaqin masofadan darvozaga zarba yo'lladi, to'p to'singa tegib maydondan chiqib ketdi…

49. Ayyub Buaddining jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.

48. Mikki van de Venning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi.

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

🕘 45+6. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+6. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pga Saybari eta olmadi…

45+3. Azzedin Unaining zarbasi noaniq bo'ldi.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

44. van Xekkening kuchli zarbasini Bunu qaytardi!

38. Mikki van de Ven raqib bilan to'qnashuvda jabrlandi, boshidan qon oqmoqda.

36. Dumfris o'ngdan uzatayotganda to'p raqib qo'liga biroz tekkan ekan. Bu vaziyatda, tabiiyki, penalti belgilanmaydi. O'yin davom etadi.

35. Bosh hakam VAR bilan gaplashmoqda, qiziq, qaysi vaziyat ekan?!

32. Hozircha ikkita yaxshi vaziyat ko'rdik, qolgan vaqtlarda esa yakkakurashlarga boy o'yin ko'ryapmiz.

23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

21. Ashrafdan kuchli zarba va Verbryuggendan ikkinchi seyv!

gettyimages-2283936671-2048x2048.jpg

20. Neyl El-Aynauining yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Verbryuggen qaytardi!

16. Sammervil juda yaxshi vaziyatga chiqib bordi va to'pni Brobbiga uzatdi, ammo himoyachi to'pni qaytardi. Qo'shimchasiga bu holatda offsayd ham qayd etildi.

12. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda, o'tgan daqiqalarda aytarli xavfli vaziyat ko'rmadik.

6. Dastlabki daqiqalarda to'p nazorati yevropaliklarda.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasidagi Niderlandiya - Marokash bahsining matnli translyatsiyani kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia