

"Xall Siti" - "Manchester Yunayted" 2:0
Gollar: 17 - Semi Ajayi, 38 - Nobel Mendi
“Xall Siti”: 19. Konstantinos Colakis, 2. Lyui Koyl, 6. Semi Ajayi, 32. Nobel Mendi, 3. Rayan Jilz, 15. Jon Igan, 27. Regan Sleyter, 25. Metti Kruks, 21. Elliot Straud, 10. Muhammad Bellumi, 9. Oliver Makbarni.
Zaxira: 12. Dillon Fillips, 17. Patrik Makneyr, 18. Kodi Dramex, 22. Lukas Xerrington, 23. Mett Tarjett, 14. Yens Xertyo-Dal, 29. Lyuka Gurna-Duat, 7. Liam Millar, 26. Kiran Dauell.
“Manchester Yunayted”: 1. Senne Lammens, 5. Xarri Maguayr, 26. Eyden Xeven, 23. Lyuk Shou, 3. Nussayr Mazraui, 18. Yuri Tilemans, 17. Andrey Santos, 8. Brunu Fernandesh, 10. Mateus Kunya, 13. Patrik Dorgu (9. Markus Reshford, 46’), 19. Brayan Mbemo.
Zaxira: 12. Karl Darlou, 2. Diogu Dalo, 6. Lisandro Martines, 15. Leni Yoro, 37. Kobbi Maynu, 31. Shi Leysi, 30. Benyamin Sheshko, 11. Joshua Zirkzee.
Ogohlantirishlar: 34 - Patrik Dorgu, 42 - Metti Kruks
46. Reshford bir mavsum “Barselona”da o'ynab kelgach, MYUga qaytdi va o'yinga qo'shildi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Dorguning bosh bilan yo'llagan zarbasi o'ta noaniq bo'ldi.
43. Bo'lim so'nggida MYU hujumlar sonini oshirishini kutgandik, biroq bu o'xshamayapti.
39. MYUning holati yanada qiyinlashdi. Kambek ko'ramizmi?

38. GOL! Mendi hisobni ikkitaga oshirdi! Jarima zarbasidan havolatib uzatilgan to'pni Nobel bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!
35. Mbemoning akrobatik uslubda bergan zarbasidan so'ng to'p himoyachilarga tegib qaytdi.
29. O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Dorgu darvozaga to'g'rilab qo'ymoqchi edi, biroq, o'xshamadi…
25. Dorguning darvoza tomon yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
21. Mezbonlar to'xtamoqchi emas: Bellumining kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.
18. MYU gol o'tkazib yubordi birinchi, buyog'iga jamoa qanday harakatlanar ekan?!

17. GOL! Ajayi hisobni ochdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Makbarni darvozaga yo'lladi, Senne qaytardi, so'ng qaytgan to'pni Semi darvozaga kiritdi!
16. “Xall Siti”dan yana bir hujum va bu safar ham zarbani Lammens bartaraf etdi!
15. Hujum navbati endi mezbonlardan: havolatib uzatilgan to'pni Makbarni boshi bilan darvozaga yo'lladi, Lammensdan seyv!
13. Mbemoning kuchli zarbasini Colakis bartaraf eta oldi!
7. Ilk daqiqalarni MYU faol boshladi, to'p nazorati ularda.
1. Bilasizmi, do'stlar, ayni vaqtda biz ko'rib turgan uchrashuvda yomg'ir yog'moqda. Tumanli albion degani shu bo'ladi. Toshkentda esa havo harorati 32 daraja issiq.
1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL 1-tur doirasidagi "Xall Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.



