APL. "Arsenal" mehmonda "Vest Xem"ni qiyinchilik bilan mag'lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi

10 may 2026, 22:30
APL 36-tur doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

“Vest Xem” - “Arsenal” 0:1

Gollar: 83 - Leandro Trossard

“Vest Xem”: 1. Mads Xermansen, 15. Konstantinos Mavropanos, 4. Aksel Disasi (9. Kallum Uilson, 85’), 29. Aaron Van-Bissaka, 12. El-Xaji Malik Diuf, 18. Mateush Fernandesh, 28. Tomash Souchek, 20. Jarrod Bouen, 11. Valentin Kastelyanos (19. Pablo, 66’), 7. Krisensio Sammervill.

Zaxira: 23. Alfons Areola, 2. Kayl Uolker-Piters, 3. Maks Kilman, 30. Oliver Skarls, 27. Sungutu Magassa, 32. Freddi Potts, 55. Moxamadu Kante.

“Arsenal”: 1. David Rayya, 4. Ben Uayt (36. Martin Subimendi, 28’ (29. Kay Xaverc, 68’)), 6. Gabriel Magalyayns, 2. Vilyam Saliba, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 33. Rikkardo Kalafori (3. Kristyan Moskera, 46’), 41. Deklan Rays, 19. Leandro Trossard, 10. Eberechi Eze (8. Martin Edegor, 67’), 7. Bukayo Saka (20. Noni Madueke, 80’), 14. Viktor Gyokeresh.

Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 5. Pero Inkape, 56. Maks Doumen, 11. Gabriel Martinelli.

Ogohlantirishlar: 34 - Valentin Kastelyanos, 38 - Krisensio Sammervill, 68 - Jan-Kler Todibo, 77 - Bukayo Saka, 79 - Kristyan Moskera, 89 - Vilyam Saliba, 90+2 - Leandro Trossard

90+12. O'yin yakunlandi!

90+12. “Vest Xem” a'zosi jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq o'yin qoidasi buzilmadi, deb topildi.

90+10. Yuzinchi daqiqa boshlandi, o'yin hali beri tugaydiganga o'xshamayapti.

gettyimages-2275482620-2048x2048.jpg

90+9. “Vest Xem”ning goli hisobga olinmadi! Todibo va Pablo Rayyaga nisbatan qo'pollik ishlatdi, deb topildi.

90+8. VAR ancha vaqt ko'rdi, endi ekran oldiga bosh hakamni ham chaqirdi.

90+6. Diqqat! Holat VARda ko'rilmoqda. Rayyaga nisbatan qo'pollik ishlatilgan bo'lishi mumkin.

gettyimages-2275482241-2048x2048.jpg

90+5. GOL! Uilson hisobni tenglashtirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Uilson darvozaga yo'lladi, darvoza ichkarisidan to'pni “Arsenal” a'zosi qaytardi, biroq to'p kirib bo'lgan edi.

90+4. Pablo jarima maydonchasi ichidan zarba berdi, to'p Gabrieelga tegib, maydonni tark etdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

🟥 88. “Vest Xem” murabbiylar shtabi a'zosiga qizil kartochka ko'rsatildi.

84. “Vest Xem” buyog'iga nima qiladi? Qo'shadimi yoki “salom Chempionship”mi?

gettyimages-2275480629-2048x2048.jpg

⚽️ 83. GOL! Trossard hisobni ochdi! Edegor va Rays kombinaciyadan so'ng to'p Leandroga kelib tushdi, uning zarbasi golga aylandi!

80. So'nggi dekada boshlandi, buyog'iga “yonadi” o'yin.

gettyimages-2275480097-2048x2048.jpg

78. Rayya!!! Super seyv! “Arsenal”ni saqlab qoldi! Super kombinaciya bo'ldi mezbonlardan, Fernandeshning zarbasini esa ispaniyalik posbon qaytardi!

73. Havolatib uzatilgan to'pni Gyokeresh darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

70. “Vest Xem” darvozasi oldida palapartishlik yuzaga keldi, to'p maydon egalari a'zosining qo'liga tekkani ko'rib chiqildi, biroq o'yin qoidasi buzilmagani ma'lum qilindi.

🔄 68. Birinchi bo'limda majburiy o'zgarish sabab maydonga tushgan Subimendi zaxiraga olindi, o'rniga hujumchi Xaverc tushdi. Arteta vabankka boryapti.

63. Bir soatdan ko'proq o'tdi, gol ko'rmadik, ikki jamoada xavfli vaziyatlar kam bo'lyapti, o'yin asosan maydon markazida kechmoqda.

58. Saka uzoq masofadan zarba berdi, biroq ancha noaniq ketdi.

49. Bouenning zarbasi kuchsiz chiqdi, Rayya ushlab oldi to'pni.

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

🕘 45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+1. Burchakdan uzatilgan to'pni Mateush Fernandesh darvozaga yo'lladi, Rayya to'pni ushlab oldi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. O'yin anchagina qarama-qarshiliklarga boy o'tmoqda, futbolchilar ko'p fol ishlatyapti.

36. Sammervil yaxshi harakat qilib oldinga yurish qildi, biroq zarba noaniq bo'ldi.

35. Eze jarima zarbasidan darvozaga tepdi, biroq “jonli devor”dan o'tmadi to'p.

🔄 28. Majburiy o'zgarish bo'ladi: Uayt o'rniga Subimendi tushadi.

🏥 25. Ben Uayt jarohat oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Ehtimol, o'yinni davom ettirolmasligi mumkin.

22. “Vest Xem” darvozasi oldida yuzaga kelgan palapartishlikdan so'ng bo'sh hudud yuzaga kelgandi, biroq to'pga birinchi bo'lib “to'pchilar” vakili kyetib kelmadi…

13. Kalafori! Uzoq masofadan yo'llagan xavfli zarbasi aniq bo'lmadi.

10. Dahshat! Burchakdan uzatilgan to'pga ketma-ket zarbalar berdi, birinchi darvozabon, keyin futbolchilar to'pni qaytardi!

9. Kalafori yaxshi vaziyatga chiqib borib to'pni darvozaga yo'lladi, raqib futbolchisiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi to'p.

5. Sakadan zarba, darvozabon to'pni ushlab oldi.

3. Mehmonlar faolroq boshladi o'yinni, ammo maydon egalari ham munosib qarshilik ko'rsatishini hozirdanoq namoyon etyapti.

🕛 1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL 36-tur doirasidagi “Vest Xem” - “Arsenal” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!


Manba: championat.asia