Liga 1. Quyi divizionga tushib ketishi aniq bo'lgan "Trua"dan unikal natija

Omonjon To`xtamirzayev
15 may 2023
"Trua" Fransiya chempionati 35-turi doirasida "Renn"ga imkoniyatni boy berdi (0:4) va quyi divizionga ravona bo'ldi.

Jamoa 22 ochko bilan 19-o'rinni egallab turibdi. Mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganida, 16-o'rin bilan farq 12 ballni tashkil qiladi.

"Trua" Liga 1"dan o'zi ishtirok etgan oxirgi 11 mavsumda 6-marta tushib ketmoqda. Bu Fransiya chempionatida hech bo'lmasa 10 mavsum ishtirok etgan klublar ichida eng yomon ko'rsatkich. "Trua" Liga 1"da joyini saqlab qolganidan ko'ra ko'proq, quyi divizonga tushib ketgan - bu Fransiya oliy ligasi uchun unikal voqea.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia