Liga 1. PSJ va "Brest" o'rtasidagi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi
11 may 2026, 02:09
Liga 1 33-tur doirasidagi PSJ - "Brest" o'yini bo'lib o'tdi.
Bahsdagi yagona golni mezbonlar hujumchisi Dezire Due 82-daqiqada urdi.
PSJ Fransiya chempionatida 32 o'yindan so'ng 73 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rindagi “Lans”ning ochkolari soni 67 tani tashkil etmoqda.