Liga 1. PSJ "Nant" bilan o'yindan so'ng "Milan" o'rnatgan rekordni yangiladi

Aslanov Jasurbek
23 apr 2025
Fransiya chempionatining 29-turida Luis Enrike jamoasi safarda "Nant" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi

"Nant" bilan o'yindan so'ng PSJ Yevropaning top-5 ligalarida safarda ketma-ket 39 ta o'yinda mag'lub bo'lmagan holda yangi rekord o'rnatdi. Ushbu davr mobaynida parijliklar 30 ta o'yinda g'alaba qozonib, 9 ta uchrashuvda durang qayd etdi.

Avvalgi rekord esa "Milan" jamoasiga tegishli edi - ular 1991 yildan 1993 yilgacha safarda 38 o'yinda mag'lub bo'lmagan edi.


22 apr 2025, 23:45
Nantes — Paris Saint Germain
1 – 1
Tugadi




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia