Liga 1. PSJ va "Loryan" o'rtasidagi o'yinda g'olib nomi aniqlanmadi

3 may 2026, 03:09
Liga 1 32-tur doirasidagi PSJ - "Loryan" o'yini bo'lib o'tdi.

Ibrahim Mbape 6-daqiqadayoq parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 6 daqiqa o'tib mehmonlar hujumchisi Pablo Pagis hisobni tenglashtirdi. 62-daqiqada Uorren Zair-Emeri yana mezbonlarni uch ochkoga yaqinlashtirdi. Ammo, Aiegun Tosin 78-daqiqada to'p kiritib, o'yinning durang bilan yakunlanishini taminladi.

PSJ Fransiya chempionatida 31 o'yindan so'ng 70 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi “Lans” 64 ochko jamg'argan.


Manba: championat.asia