Liga 1. "Lion" - "Marsel" uchrashuvi to'xtatildi, sababi Payetga minbardan shisha uloqtirildi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2021, 01:12
Fransiya chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Lion" - "Marsel" uchrashuvining bosh hakami birinchi bo'lim boshida o'yinni to'xtatdi.

Barchasi "Lion" muxlislari "Marsel" futbolchilariga tribunadan turli buyumlarni uloqtirib, standart vaziyatlarni amalga oshirishda xalal berganidan boshlandi.

Yakunda shishalardan biri "Marsel" yarim himoyachisi Dimitri Payetning boshiga tegdi.

Shu sababli o'yin to'xtatildi.

Eslatib o'tamiz, 22 avgust kuni Nitcada bo'lib o'tgan "Nitca" - "Marsel" uchrashuvi ham 75-daqiqada mehmonlar sardori Payet o'ziga otilgan plastik butilkalardan birini yana podiumga uloqtirganidan so'ng to'xtatilgandi. Shundan so'ng muxlislar maydonga bostirib kirishdi va futbolchilar o'rtasida o'zaro to'qnashuvlar sodir bo'ldi. Ikkala jamoa ham tribunaga yo'l oldi, biroq hakam biroz pauzadan so'ng barchani maydonga jalb qilgach, "Marsel" futbolchilari uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortishgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia