"Lacio" "Real Madrid"ga 4ta gol urgan futbolchini sotib oldi
Omonjon To`xtamirzayev
22 iyul 2023
"Nyu-York Siti" hujumchisi Valentin Kastelyanos "Lacio"ga o'tdi.
Transfer summasi 15 million evro + 5 mln bonus deb belgilandi. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum futbolchi "Jirona" safida harakat qildi. La Liga 31-turida Valentin "Real" darvozasiga 4 ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi.