"Inter" finalda "Lacio"ni mag'lub etib, Italiya Kubogi sohibiga aylandi

Aslanov Jasurbek
14 may 2026, 02:00
Italiya Kubogining 2025/2026 yilgi mavsumi hal qiluvchi final uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

Rimdagi "Olimpiko" stadionida kechgan bahsda poytaxtning "Lacio" hamda Milanning "Inter" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.

Uchrashuvni bosh hakam Marko Guida boshqarib bordi. O'yin "neradzurrilar"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Rimliklar himoyachisi Adam Marushich 14-daqiqada o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan bo'lsa, 35-daqiqada hujumchi Lautaro Martines milanliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa, "Inter" navbatdagi sovrinni o'z muzeyiga olib ketdi.

“Lacio” - “Inter” 0:2
Gollar: Marushich 14 (avtogol), Martines 35.

"Lacio": Motta, Marushich, Xila, Romanoli, Tavaresh, Teylor, Bashich, Gabarron, Noslin, Dzakkani, Isaksen.

"Inter": Martines, Bissekk, Bastoni, Akandji, Barella, Dumfris, Zelinski, Dimarko, Suchich, Tyuram, Martines.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia