Kunya MYU Chempionlar Ligasiga chiqqanidan keyin dadil bayonot berdi

Sherzod Nurmatov
5 may 2026, 12:32
"Manchester Yunayted" vingeri Mateus Kunya "qizil iblislar"ning Chempionlar Ligasiga qaytishi haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

Braziliyalik futbolchi Chempionlar Ligasiga yo'llanma olishning o'zi etarli emasligini va jamoa chempionlik uchun kurashga qaytishi kerakligini aytdi:

"Faqat Chempionlar Ligasiga yo'llanma olish uchun emas... chempionlik uchun kurashishimiz kerak. Bu shunchaki birinchi qadam va men kelgusi mavsumda ancha kuchliroq bo'lishimiz mumkinligiga ishonaman", – dedi Kunya.

"Enfild"da "Liverpul" ustidan 3:2 hisobidagi g'alaba "qizil iblislar"ni 2023 yildan beri birinchi marta yirik musobaqaga qaytishini taminladi. Braziliyalik futbolchi o'yinda Maykl Kerrik jamoasi uchun birinchi golni urdi. 36-turda "Sanderlend" ustidan qozoniladigan g'alaba jamoaga APLda 3-o'rinni kafolatlaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com