"Unda ulkan salohiyat bor". Aguero Husanovni maqtadi

Sherzod Nurmatov
5 may 2026, 12:05
"Manchester Siti"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari Serxio Aguero "Siti" himoyachisi Abduqodir Xusanov haqida fikrlarini bildirdi.

"Husanov - tezkor va tajovuzkor. U menga yoqadi. Biroq biz uning vaqt o'tishi bilan qanday rivojlanishini ko'rishimiz kerak. Men har doim o'yinchini uning darajasini qancha vaqt saqlab turishiga qarab baholayman. Agar u bu darajani 3 yoki 4 yil davomida saqlab tursa, demak, u dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri.

U hozirda juda katta salohiyatga ega va agar shunday davom etsa, ajoyib bo'ladi. Ammo bugungi kunda har yili yuqori darajasini ushlab turadigan boshqa himoyachilar ham bor. Husanov tarkibdaligi ko'p narsani anglatadi. Hech bo'lmaganda bu yil ko'rganlarimizga qaraganda", – dedi Aguero.

1.jpg


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports