

Ushbu natija Xosep Gvardiola jamoasining chempionlik poygasidagi ustunligini yo'qotdi. Endi "Man Siti" "Arsenal"dan 5 ochko ortda qolmoqda (bir o'yin zaxirada).
"Kanonirlar"da APLda uchta o'yin qoldi: "Vest Xem"ga qarshi (10 may, safarda), "Bernli"ga qarshi (18 may, o'z maydonida), "Kristal Pelas"ga qarshi (24 may, safarda). "Man Siti" esa yana to'rtta o'yin o'tkazadi: "Brentford" (9 may, o'z maydonida), "Kristal Pelas" (13 may, o'z maydonida), "Bornmut" (19 may, safarda), "Aston Villa" (24 may, o'z maydonida).



