

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida yaqin o'yinlarda o'ynamasligini e'lon qildi va terma jamoa ixtiyorini tark etdi.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyining matbuot anjumanidan so'ng va Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti bilan suhbat natijasida men milliy terma jamoa ixtiyorini tark etishga qaror qildim.
Vaqti kelganda, men o'zimni doim to'la bag'ishlagan milliy terma jamoani tark etishga majbur qilgan sabablar borasidagi haqiqatni barcha portugaliyaliklarga aytib beraman.
Endi esa Portugaliya va barcha jamoadoshlarimga - istisnosiz barchasiga omad tilash vaqti keldi, - deb yozdi 41 yoshli sardor.



