Rasman: "Neftchi" ivuarlik futbolchini tarkibga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
4 avg 2026, 17:15
Jamoa ikkinchi davra oldidan himoya chizig'ini yanada mustahkamlash maqsadida tarkibini yangi futbolchi bilan kuchaytirdi.

“Tajribali qanot himoyachisi Koffi Kouao endilikda jamoamiz sharafini himoya qiladi”, – deyiladi xabarda.

To'liq ismi: Koffi Franck Kouao

Tug'ilgan sanasi: 1998 yil 20 may

Tug'ilgan joyi: Abidjan, Kot-d’Ivuar

Fuqaroligi: Kot-d’Ivuar

Bo'yi: 1,73 metr

Asosiy poziciyasi: O'ng qanot himoyachisi

Qo'shimcha poziciyalari: Chap qanot himoyachisi, o'ng qanot yarim himoyachisi

Oyog'i: O'ng

2.jpg

Koffi Kouao futbolchilik faoliyatini Kot-d’Ivuarning “ASEC Mimosas” akademiyasida boshlagan. Keyinchalik Portugaliyaning “Vizela” klubiga ko'chib o'tgan va aynan shu yerda professional faoliyatini boshlagan. Faoliyati davomida “Moreirense” hamda “Famalikao” klublarida ijara asosida to'p tepgan. 2022 yilda Fransiyaning “Mec” klubiga transfer qilinib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylangan.

Kouao Kot-d’Ivuar U-23 terma jamoasi sharafini himoya qilgan va yoshlar o'rtasidagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan.

Futbolchi 2026 yilning yozida “Mec” bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent maqomiga ega bo'ldi. Professional faoliyati davomida Fransiya va Portugaliya chempionatlarida 200 dan ortiq rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan tajribali himoyachi hisoblanadi.

Ayni paytda Transfermarkt portali Koffi Kouaoning transfer qiymatini 2,5 million evro etib baholamoqda. Mazkur ko'rsatkich uni O'zbekiston futbolidagi eng qimmat transfer qiymatiga ega futbolchiga aylantiradi. Shuningdek, Kouao transfer qiymati bo'yicha O'zbekiston Superligasi tarixida to'p tepgan eng qimmat futbolchilar qatoridan joy olmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати